Tahrir: 17-oktabr, 2026
Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumotlarni yig'amiz, nima uchun va ularni qanday himoya qilamiz. Qisqasi: faqat xizmat ishlashi uchun zarur narsani, fayllaringiz esa sizniki.
1.Umumiy qoidalar
Ushbu siyosat Matnla (matnla.uz) foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash tartibini "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilaydi.
Ma'lumotlar operatori — sahifa oxirida ko'rsatilgan Ijrochi. Ro'yxatdan o'tish orqali siz ma'lumotlaringiz shu siyosatda yozilgan maqsadlarda qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.
2.Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Hisob ma'lumotlari: ism, e-pochta, parol (faqat shifrlangan xesh ko'rinishida — asl parolni biz ham ko'ra olmaymiz). Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, e-pochta va profil rasmi.
- Siz yuklagan fayllar: video va audio, ulardan ajratilgan audio, transkripsiya matni, subtitrlar, logo va fon rasmlari.
- To'lov ma'lumotlari: to'lov summasi, sanasi va to'lov tizimidagi tranzaksiya raqami. Karta raqami va boshqa karta ma'lumotlari bizga kelmaydi.
- Texnik ma'lumotlar: kirish seansi uchun IP manzil va brauzer turi, xatolar jurnali.
3.Nima uchun ishlatamiz
- hisobingizni yaratish, unga kirish va uni himoya qilish;
- fayllaringizni transkripsiya qilish va subtitrli video tayyorlash;
- daqiqalar balansi va to'lovlarni hisobga olish;
- xizmat bilan bog'liq xabarlarni yuborish (e-pochtani tasdiqlash, parolni tiklash, to'lov cheki);
- nosozliklarni topish va suiiste'molning oldini olish.
Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Fayllaringiz sun'iy intellekt modellarini o'qitish uchun bizda ishlatilmaydi.
4.Kimlarga beriladi
Xizmat ishlashi uchun ma'lumotlarning bir qismi bizning nomimizdan ishlovchi ishonchli provayderlarga beriladi. Ularning har biri faqat o'z vazifasi uchun zarur ma'lumotni oladi:
- bulutli xosting va ma'lumotlar bazasi — sayt va hisob ma'lumotlarini saqlash;
- fayl xotirasi — video, audio va rasmlarni saqlash (fayllar faqat muddatli shaxsiy havola orqali ochiladi, ommaga yopiq);
- nutqni aniqlash xizmati — transkripsiya uchun faqat audio yo'lak yuboriladi;
- e-pochta xizmati — tizim xatlarini yetkazish;
- Click — to'lovni qabul qilish.
Bundan tashqari ma'lumotlar faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlarining talabi bilan beriladi.
5.Qancha vaqt saqlaymiz
- Hisob ma'lumotlari — hisob o'chirilguniga qadar.
- Fayllar va subtitrlar — tarifingizda ko'rsatilgan muddatgacha yoki loyihani o'chirguningizcha. Loyiha o'chirilganda fayllar xotiradan darhol o'chiriladi.
- To'lov yozuvlari — buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilgan muddatgacha, hisob o'chirilgandan keyin ham.
- Seans va xatolar jurnali — ko'pi bilan 90 kun.
7.Ma'lumotlarni himoya qilish
- Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi.
- Parollar qaytarib bo'lmaydigan xesh ko'rinishida saqlanadi.
- Har bir so'rovda fayl yoki loyiha so'ragan foydalanuvchiga tegishli ekani tekshiriladi.
- Fayl xotirasi ommaga yopiq, havolalar qisqa muddatli.
8.Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni so'rashga haqlisiz:
- sizga oid qaysi ma'lumotlar saqlanayotganini bilish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish;
- ma'lumotlaringiz va hisobingizni o'chirish;
- ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish.
Buning uchun ro'yxatdan o'tgan e-pochtangizdan yordam@matnla.uz manziliga yozing. Murojaatga 10 kun ichida javob beramiz. Rozilikni qaytarib olish hisobni yopishni anglatadi — busiz xizmat ishlay olmaydi.
9.Bolalar
Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun. Agar bola ota-onasining roziligisiz ro'yxatdan o'tganini bilsangiz, bizga yozing — hisobni o'chiramiz.
10.Siyosatning o'zgarishi
Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida e-pochta orqali xabar beramiz. Shuningdek Foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing.
11.Operator rekvizitlari
- Ijrochi
- Yo'ldoshev Mashrab Zokir o'g'li
- Maqomi
- O'zini o'zi band qilgan shaxs
- JShShIR / STIR
- to'ldiriladi
- Manzil
- to'ldiriladi
- Telefon
- to'ldiriladi
- Elektron pochta
- yordam@matnla.uz
- Sayt
- matnla.uz